Главная » 2020 » Апрель » 18 » O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi
23:08

O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi


Shu yilning 7 aprel kuni poytaxtlik, 77 yoshli (ayol) A. surunkali bronxit, o‘ng o‘pka atelektazi, gipertoniya kasalligi bilan karantinga olingan edi. Zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda  “Covid-19” koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.  

Shundan so‘ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining  ko‘p tarmoqli klinikasiga  o‘tkazilgan.

Biroq virusolog, pulmonolog, terapevt, kardiolog, reanimatologlarning  standartlar asosida  o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor bugun  ushbu infeksiya asoratlari: ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan vafot etdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bemor, koronavirusdan, vafot etdi, O‘zbekistonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя