Главная » 2020 » Апрель » 24 » O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi
14:45

O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusdan yana bir o‘lim holati haqida xabar berdi. Endilikda O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 8 nafarga yetdi.

Shu yilning 19 aprel kuni Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi F. (ayol) viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘ta og‘ir ahvolda yotqizilgan va sun'iy nafas olish apparatiga ham olingan. Tezkor diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda “Covid-19” koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Shundan so‘ng unga  ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining  ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasiga o‘tkazilgan. Bemorda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir respirator distress sindrom, gipertoniya kasalligi ikkinchi bosqich, xavf 4, semizlikning 3 darajasi bo‘lganligi sababli kasallik og‘ir kechib, davolanish davomida hamisha sun'iy nafas olish apparatida bo‘lgan.

Biroq mutaxassislarimizning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yana bir bemor, O‘zbekistonda, koronavirusdan vafot etdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя