Главная » 2020 » Март » 28 » O‘zbekistonda yana bir odam koronavirusdan vafot etdi
10:22

O‘zbekistonda yana bir odam koronavirusdan vafot etdi


Bugun, 28 mart holatiga O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasidan halok bo‘lganlar 1 nafarga ortib, jami 2 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o‘lim holati qayd etildi”, deyilgan vazirlik xabarida.

Marhumning yoshi, hududi va o‘lim sababiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq, namanganlik koronavirusga chalingan ayol miokard infarktidan vafot etgandi.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 104 nafarga yetdi

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя