Главная » 2018 » Май » 10 » O‘zbekistonda yangi institut tashkil etildi
21:46

O‘zbekistonda yangi institut tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Samarqand veterinariya medisinasi institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida ma’lum qilindi.

Qaror bilan Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya medisinasi instituti tashkil etilib, institut va uning qoshidagi akademik litsey Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Institutda veterinariya va chorvachilik sohasi uchun yangi zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.

2018/2019 o‘quv yilida Institut magistratura bosqichiga (50 kishi) O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Institutning bakalavriat bosqichiga qabul kvotasi 800 nafar – to‘lov-kontrakt asosida 525 kishi, davlat granti asosida 275 kishi etib belgilandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tashkil etildi, yangi institut, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя