Главная » 2020 » Июль » 9 » O‘zbekistonda yangi o‘quv yili ham masofaviy boshlanishi kutilmoqda
18:57

O‘zbekistonda yangi o‘quv yili ham masofaviy boshlanishi kutilmoqda


O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirishdagi ijodiy imtihonlar joriy yilning 1 avgustidan keyin boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan brifingda ma’lum qildi. 

“Ijodiy imtihonlar 1 avgustdan keyin boshlanadi. Lekin bu imtihonlarning davomiyligi va sifatiga tasir kilmaydi. Ya’ni bunday imtihonlar 20 kun davom etadi”, deydi Majidov. 

O‘zbekistonda pandemiya kun sayin avj olmoqda. Vaziyat qachon barqarorlashishi noma’lum. Bu esa ta’lim jarayoniga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Vazirning qayd etishicha, OTMlarda ta’lim jarayoni onlayn shaklda ham davom etishi mumkin. 

“Hujjat topshirish masalalalarida hech qanday o‘zgarish yo‘q. Ta’limning barcha shakllari uchun hujjatlar onlayn tarzda topshirilyapti. 

O‘qish masalasiga kelsak, bunda sharoitdan kelib chiqqan holda bir qarorga kelinadi. Sirtqi va kechki ta’lim shakli masofaviyga, kunduzgi ta’limda esa axborot texnologiyalari joriy etilgan tarzda olib boriladi.

Hozircha yangi o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha an’anaviy shaklni rejalashtiryapmiz. Lekin masofaviy ta’lim jarayonlariga ham tayyormiz. 

Bunda bahorda yo‘lga qo‘yilgan axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda olib borilgan ta’lim shakllari yanada takomillashtiriladi. Bu borada sharoitdan kelib chiqqan holda, yakuniy qarorga kelamiz”, deydi vazir.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etilganidan keyin – joriy yilning 16 mart kunidan boshlab mamlakatdagi barcha ta’lim muassasalari yopildi. Ular faoliyatini onlayn tarzda davom ettirdi. Biroq, mamlakatda internet sifatining pastligi, ayrim hududlarga umuman internet yetib bormagani bu sohada qator muammolarni suv yuzasiga chiqardi. Agar muammolar bartaraf etilmas ekan, o‘quvchilar va o‘qituvchilar sentyabrdan yana xuddi shu muammolarga duch keladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: boshlanishi kutilmoqda, masofaviy, O‘zbekistonda, yangi o‘quv yili | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя