Главная » 2018 » Апрель » 15 » O‘zbekistonda yangicha kollejlar tashkil etiladi
22:32

O‘zbekistonda yangicha kollejlar tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Adliya vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilinganini xabar qilgan edik.

Qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bir nechta kollejlar yuridik kollejlarga aylantirilishi ta’kidlangan.

Yuridik kollejlarning o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot-resurslari jihatdan ko‘maklashish Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan, ularning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish hamda tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash esa – hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari lavozimi bo‘yicha yuridik kollejlari direktorlari hisoblanadi.

Yuridik kollejlarni zarur o‘quv va sport uskunalari, kompyuter texnikasi va axborot-resurs fondlari bilan jihozlash xarajatlari ta’limga ajratiladigan byudjet mablag‘lari, shuningdek Adliya vazirligining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Yuridik kollejlariga qabul qilish har bir hududning “huquqshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limga ega bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, avvallari faqat 7 ta viloyatda huquqshunoslikka ixtisoslashgan kollejlari faoliyat olib borgan bo‘lsa, endiliklar bunday ta’lim muassasalari mamlakatimizning barcha hududlarida ochiladi.

Ushbu kollejlar OTMlar bilan uzviy bog‘lanadi. Jumladan, 2020-2021 yilgi o‘quv yilidan boshlab, yuridik kollejlari bitiruvchilari Toshkent tavlat yuridik universitetiga test imtixonlarisiz o‘qishga qabul qilinadi.

Bunda Adliya vazirligining hududiy bo‘limlari yo‘llanmalari asosida kollej bitiruvchilari bilan faqatgina suhbat o‘tkazilib, bakalavr tayyorlash dasturi bo‘yicha uch yil o‘qitiladi.

Ikrom Rahmon


VIDEONI KO'RISH

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekiston, tashkil etiladi, yangicha, kollej | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя