Главная » 2018 » Март » 30 » O‘zbekistonda zilzila qayd etildi
18:52

O‘zbekistonda zilzila qayd etildi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko‘ra 30 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:54 da O‘zbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi qayd etildi.

Zilzila markazi Toshkent shahridan 360 km uzoqlikda janubiy yo‘nalishda Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan.

Zilzila magnitudasi markazda 5,8 ballni tashkil etdi. Zilzila kuchi Toshkent shahrida, Samarqandda, Sirdaryoda, Farg‘onada, Namanganda, Andijonda, Jizzaxda, Qashqadaryoda 2 ballni, Surxondaryoda 2—3 ballni tashkil etdi.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.

Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: zilzila qayd etildi, O‘zbekistonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя