Главная » 2018 » Февраль » 7 » O‘zbekistondagi barcha xonandalar lisenziyadan mahrum etiladi, agar...
20:28

O‘zbekistondagi barcha xonandalar lisenziyadan mahrum etiladi, agar...



Avvalroq, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi huzurida Kliplar kengashi tuzilishi, bundan buyon xonandalar TV ekranlar uchun tayyorlayotgan kliplari ssenariysini ushbu Kengash bilan muhokama qilishi kerakligi haqida xabar bergan edik.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan va’da qilingan Kliplar kengashi o‘z ishini boshladi. Bu haqda tahririyatimizda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov xabar berdi.

Abduqahhorovning ma’lum qilishicha, endilikda har bir xonanda klipini suratga oldirib bo‘lgach, uni TV efirlariga berishdan avval Kliplar kengashiga taqdim etadi. Hay’at a’zolari topshirilgan kliplarni teleefirlarga berishni ma’qul topsalar, kliplar namoyishiga ruxsat beriladi. Yo‘qsa, taqiq qo‘yiladi. Xohlovchilar kliplar suratga olinishidan avval kengash a’zolari bilan maslahatlashishlari mumkin.

Bunda TVlarga ortiqcha majburiyat tushmaydi. Aksincha, “O‘zbekkonsert” bor mas’uliyatni gardaniga olyapti. Bundan buyon “falonchi xonandaning yarim yalong‘och libosda chiqqan klipini kanal rahbariyati bizdan beruxsat qo‘yib yuborgan” degan bahonalarga ham o‘rin qolmaydi.

Xonandalar-chi? Xonandalarning ham bundan keyin mas’uliyati ortishi tayin. Kliplarini Kengashga topshirmagan, “bilmagandim”, “xabarim yo‘q edi”, deganlar lisenziyasidan mahrum etiladi.

Darvoqe, Kliplar kengashi 1 fevraldan o‘z faoliyatini boshladi. Ko‘ramiz, natija qanday bo‘larkin...


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: barcha, O‘zbekiston, Xonanda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя