Главная » 2020 » Декабрь » 12 » O‘zbekistondagi ikkita OTM «Yashil universitetlar reytingi»ga kirdi
09:38

O‘zbekistondagi ikkita OTM «Yashil universitetlar reytingi»ga kirdi


Dunyoda Oliy ta’lim muassasalarini baholovchi ko‘plab reytinglar mavjud bo‘lib, Quacquarelli Symonds (QS), Times Higher Education (THE), Academic Ranking of World Universities (ARWU) reytinglari ular orasida yetakchilib qilib kelmoqda.

Shunday reytinglardan yana bir xalqaro e’tirof etilgani Indoneziya universiteti tomonidan 2010-yilda ta’sis etilgan – «UI GreenMetric»dir. Uning asosiy maqsadi universitetlarda chiqindilarni qayta ishlash, elektr-energiyasi va ichimlik suvidan oqilona foydalanish, atrof muhitga zarar yetkazmaslik, yashillikni boricha asrab qolishni qo‘llab-quvvatlash va ularning reytingini tuzishdan iborat.

Shu yilning 7-dekabr sanasida 2020-yilgi UI GreenMetric dunyo universitetlari reytingi natijalari va taqdirlash bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi. 

2020 yilda mazkur reytingda dunyoning 1000 ga yaqin eng ilg‘or va yashil universitetlari ishtirok etdi. E’tiborlisi, bu yilgi reytingdan O‘zbekiston OTMlaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti ham o‘rin oldi.

Mazkur OTMlar atrof-muhitga kam zarar yetkazayotgan, yashillikka burkangan universitetlar qatoridan joy olishi O‘zbekistonda elektr-energiyasidan oqilona foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash va ekologiyaga zarar yetkazmaslik va ichimlik suvidan samarali foydalanishga undaydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistondagi, OTM | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя