Главная » 2021 » Июнь » 22 » O‘zbekistondagi laboratoriyalarda biologik qurol ishlab chiqarilayotgani bo‘yicha bayonotlarga javob berildi
13:09

O‘zbekistondagi laboratoriyalarda biologik qurol ishlab chiqarilayotgani bo‘yicha bayonotlarga javob berildi


O‘zbekiston Respublikasi so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning G‘arb davlatlari bilan bioxavfsizlik sohasidagi hamkorligi go‘yoki yaqin joylashgan davlatlar uchun xavf tug‘dirayotgani borasidagi asossiz bayonotlar tarqalishi kuzatilayotganini qayd etdi. TIV ushbu masala yuzasidan maxsus bayonot bilan chiqdi. 

«Bir qator OAVda O‘zbekistondagi mavjud laboratoriyalarning go‘yoki biologik qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallanganligi to‘g‘risida tarqalayotgan ma’lumotlarning mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligiga e’tibor qaratamiz.

Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu laboratoriyalar faqat diagnostik tadqiqotlar o‘tkazish va tinchlik maqsadlaridagina foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Bakteriologik va toksik qurol-yarog‘larni taqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiya ishtirokchisi sifatida biologik qurol-yaroqlarni ishlab chiqarish va to‘plashning taqiqlanishini ta’minlaydi» — deyiladi bayonotda.

O‘zbekistonga nisbatan bildirilgan har qanday asossiz bayonotlar ikki tomonlama munosabatlarda muayyan keskinlikni keltirib chiqaradi va, eng muhimi, o‘zaro ishonchga asoslangan davlatlararo muloqotga zarar yetkazadi, deyiladi munosabat yakunida. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: javob berildi, qurol, biologik, bayonotlarga, laboratoriyalarda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя