Главная » 2021 » Март » 8 » O‘zbekistondagi “Muruntov” koni oltin qazib olish bo‘yicha dunyoda birinchi bo‘ldi
13:19

O‘zbekistondagi “Muruntov” koni oltin qazib olish bo‘yicha dunyoda birinchi bo‘ldi


Kitco tahliliy markazi talqiniga ko‘ra, O‘zbekistonning Navoiy viloyatidagi Muruntov koni 2020 yilda oltin qazib olish bo‘yicha eng yaxshi kon deb topildi. Markaz eng yaxshi konlar TOP-10 taligini tuzgan.

Markaz ochiq konlardan iborat Muruntov majmuasi 2020 yilda 2 million unsiyadan biroz ko‘proq oltin qazib olgan deb baholagan.

Davlat kompaniyasi tomonidan boshqariladigan konning uzunligi 3,3 kmdan oshiq, kengligi 2,5 km va 600 metr chuqurlikda. Hisobotda juda yaxshi resurs zaxirasiga ega (150 mln unsiyadan ortiq) Muruntov majmuasi yaqin kelajakda dunyoning eng yirik oltin koni maqomini saqlab qolishi taxmin qilingan.

Muruntov koni 1958 yilda sovet geofiziklari Yuriy Mordvinsev va Pyotr Jramishkin tomonidan ochilgan. Bu yerda oltinni qazib olish 1969 yilda boshlangan.

 Reytingda O‘zbekistondan keyin AQSHdagi “Karlin” va Rossiyadagi “Olimpiada” oltin koni joy olgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: O‘zbekistondagi, Oltin, qazib, birinchi, Muruntov, Dunyoda, koni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя