Главная » 2021 » Март » 27 » O‘zbekistondagi qaysi hudud aholisida avtotransport vositalari ko‘pligi ma’lum bo‘ldi
22:35

O‘zbekistondagi qaysi hudud aholisida avtotransport vositalari ko‘pligi ma’lum bo‘ldi


Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikada jismoniy shaxslarga tegishli jami avtotransport vositalari soni 2 955 295 tani tashkil etmoqda, shundan 2 767 126 tasi yengil avtomobillardir.

Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining eng ko‘pi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda — 479 544 ta.

Respublika bo‘yicha jismoniy shaxslarga tegishli qolgan avtotransport vositalari soni hududlar kesimida quyidagicha:

  • Samarqand viloyati — 344 470 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 302 771 ta;
  • Toshkent viloyati — 273 943 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 241 171 ta;
  • Andijon viloyati — 208 814 ta;
  • Namangan viloyati — 201 443 ta;
  • Xorazm viloyati — 199 858 ta;
  • Buxoro viloyati — 195 093 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 160 417 ta;
  • Qoraqalpog‘iston — 121 950 ta;
  • Navoiy viloyati — 80 343 ta;
  • Jizzax viloyati — 79 820 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 65 658 ta.

Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda qaysi rusumdagi avtomobillar soni eng ko‘pligini, mamlakatda har 100 kishiga qancha yengil avtomobil to‘g‘ri kelishini ma’lum qilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Avtotransport, aholisida, vositalari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя