Главная » 2016 » Ноябрь » 22 » O‘zbekistondagi qorli ob-havo yana qancha davom etadi?
08:09

O‘zbekistondagi qorli ob-havo yana qancha davom etadi?


Bu respublikamizda qish erta boshlandi. Ob-havoni kuzatish bosh markazidan xabarqilishlaricha, 21-22 noyabr kunlari tog‘i hududlarda ko‘chki xavfi mavjud.
 
Poytaxtimizda 20 noyabrda boshlangan qor 21 noyabr kuni ham davom etmoqda. Ayni vaqtda harorat -4-2 daraja. Oldindagi 2 kunda ham harorat aynan shunday bo‘lsa-da, yog‘ingarchilik kutilmayapti. Kechasi havo harorati 7-9 daraja sovuq bo‘ladi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ertaga harorat -10-5 daraja. Kechasi esa ­-18 darajagacha tushib ketishi mumkin. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
 
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham 22-23 noyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuni harorat 5 darajagacha sovuq, kechasi 12 darajagacha sovuq bo‘ladi. Ayni paytda mazkur viloyatlarda qor yog‘ayotganligi ma’lum qilinmoqda.
 
Surxondaryo viloyatida bugun qor yog‘ayotgan bo‘lsa-da, oldindagi 2 kun yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Ertaga harorat -3+2 daraja, 23 noyabr kuni 5 daraja sovuq bo‘ladi.
 
Farg‘ona vodiysida 23 noyabrgacha qor yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati 5-10 darajagacha sovub ketishi mumkin.
 
Respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя