Главная » 2020 » Ноябрь » 24 » O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 450 so‘mga qadar ko‘tarildi
13:18

O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 450 so‘mga qadar ko‘tarildi


O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 24-noyabrdan boshlab dollar kursi ko‘tarildi, deb yozadi Spot.

Banklar asosan AQSh dollarini 10 400 so‘mdan xarid qilmoqda, sotish — 10 450 so‘mdan. Masalan, o‘tgan hafta 10 360 so‘mdan xarid qilingan va 10 430 so‘mdan sotilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 23-noyabr kuni Markaziy bank xorijiy valyutalar kursini yangiladi. AQSh dollari ketma-ket to‘rt haftadan buyon o‘sishni davom etmoqda.

23-noyabr yakunlariga ko‘ra, valyuta birjasida bir AQSh dollar 10 420 so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida O‘zbekiston milliy valyutasining AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi 8,6 foizga qadrsizlangan. Oktabrda esa Markaziy bank so‘mning keskin qadrsizlanishi ehtimolligini past deb baholagan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tijorat, Dollar kursi, banklarida, ko‘tarildi, O‘zbekistondagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя