Главная » 2021 » Апрель » 17 » «O‘zbekistonga «afrikancha shtamm» ham kirdi» – Bosh vazir
10:43

«O‘zbekistonga «afrikancha shtamm» ham kirdi» – Bosh vazir


Bugun, 17 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirusga qarshi kurash komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

«Biz hali chegaralarimizni yopganimiz yo‘q, shuni bilib qo‘yinglar. Sababi, barchasini to‘xtatib qo‘yish uchun asos bo‘ladigan xavfni hali ko‘rayotganimiz yo‘q. Lekin kasallik ko‘payishni boshladi, yil boshida kuniga 15ta holat aniqlangan bo‘lsa, hozir 300taga chiqdi.

Infeksiya 6-7 foizda oliy ta’lim muassasalarida va 11-15 foiz holatda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yuqtirib olingan. Bu o‘tgan yilgi holat bilan taqqoslanadigan bo‘lsa, o‘shanda maktab bolalarida bu kasallik yo‘q edi. Yil boshida «britancha shtamm» bolalar o‘rtasida tarqaldi, biz qator maktab va bog‘chalarni yopishga majbur bo‘ldik. Ya’ni, hozir kasallik ham o‘z turini o‘zgartirib, yanada xavfliroq bo‘la boshladi. Avval bolalarga ta’sir qilmagan bo‘lsa, hozir aksincha bo‘lyapti, hattoki bog‘cha bolalariga ham ta’sir qilyapti.

«Afrikancha shtamm» ham bizga kirdi, buni Yuqori texnologiyalar markazi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati bilan birgalikda o‘rganib, hammasini bir-biridan ajratib chiqdi. Hozir ham juda chuqur tahlil olib borilyapti», – dedi bosh vazir.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: bosh vazir, afrikancha, shtamm, O‘zbekistonga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя