Главная » 2021 » Август » 17 » O‘zbekistonga asosan qaysi mamlakat qizlari kelin bo‘lib kelayotgani ma’lum qilindi
22:51

O‘zbekistonga asosan qaysi mamlakat qizlari kelin bo‘lib kelayotgani ma’lum qilindi



FHDYo organlari tomonidan 2021-yilning yanvar—iyul oylarida jami 2113 nafar O‘zbekiston va chet ellik fuqaro o‘rtasida nikoh qayd qilingan. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi. Shundan 1272 tasida o‘zbekistonlik qizlar xorijlik kuyovlarga turmushga chiqqan bo‘lsa, 841 ta holatda chet ellik qizlar O‘zbekistonga kelin bo‘ldi.

Kuyovlarning eng ko‘pi Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, AQShdan, eng ko‘p kelin Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Gruziya, Ozarbayjon fuqarolari bo‘lgan.

Shuningdek, 2021-yilda O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida 143 555 ta nikoh qayd etilgan. Eng ko‘p quda-anda bo‘lgan hududlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘lib, jami 1517 ta holatda ikki qo‘shni hududlar o‘rtasida nikoh qayd etilgan.

Bundan avval Tokio Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov va O‘zbekiston bayroqdori Nigora Tursunqulova turmush qurgani, O‘zbekistonda 2021-yilning dastlabki olti oyida 60 yoshdan oshgan ayollar orasida 152 ta nikoh holati qayd etilgani hamda O‘zbekistonda 2021-yilning dastlabki olti oyida 19 mingdan ortiq oila ajrashgani ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekiston, kelayotgani, Kelin, Qaysi, asosan, bo‘lib, qilindi, mamlakat, qizlari, ma’lum | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя