Главная » 2020 » Апрель » 30 » O‘zbekistonga bo‘ron yaqinlashyapti – bunday vaqtda as qotadigan eng muhim tavsiyalar
20:03

O‘zbekistonga bo‘ron yaqinlashyapti – bunday vaqtda as qotadigan eng muhim tavsiyalar


1-2 may kunlari O‘zbekistonga Turkmaniston orqali nam havo oqimi kirib kelishi haqida xabar berildi. Natijada ko‘pgina viloyatlarda, jumladan, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida kuchli shamol esishi, yog‘ayotgan yomg‘ir kuchayishi haqida ma’lum qilindi. Kuchli bo‘ron turganda, avvalo, nimalarga e’tibor qaratish lozim? Quyida ana shular haqida so‘z boradi?

Bo‘ron vaqtida o‘zini qanday tutish lozim?

Favqulodda vaziyatlar vazirligi doimo bo‘ron to‘g‘risida ogohlantiradi. E’lonlar radio, televideniye, SMS orqali, shuningdek, maxsus transport vositalarining signallari va elektr sirenalari orqali uzatiladi. Noqulay ob-havo sharoiti va’da qilingan kun, uyda qolish eng to‘g‘ri variant. Ammo tashqariga chiqishingizga to‘g‘ri kelsa, unda o‘ta ehtiyot bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi.

Bo‘ron boshlanayotganini qanday bilish mumkin?

Tabiiy xavfning yaqinlashishi juda oddiy sodir bo‘ladi. Birinchi belgilar - shamol tezligi oshadi, yomg‘ir yog‘ishi, atmosfera bosimining pasayishi (odamning boshi aylanishi, uyquga ketishi va o‘zini yomon his qilishi mumkin).

Agar bino ichida bo‘lsangiz, nima qilish lozim bo‘ladi?

Barcha eshik va derazalar hamda ochiq joylar yopiq bo‘lishi kerak. Shuningdek, maishiy texnika va gazni o‘chirib qo‘ygan ma’qul.

Agar ko‘chada bo‘lsangiz...

Binolarga, ko‘priklarga, yo‘l o‘tkazgichlarga, daraxtlarga, ustunlarga, avtoulovlarga, yaqinlashish tavsiya etilmaydi. Baland joyda, elektr va yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalarida va boshqa yong‘in chiqadigan joylarga yaqinlashilmaydi.

Mashina bo‘lsangiz, nima qilish kerak?

Tezlikni oshirmaslik, qirg‘oq va daryolar yaqinidagi yo‘llarda harakat qilmaslik tavsiya etiladi. Bannerlar, daraxtlar, yo‘l belgilari yonida mashinalar to‘xtash tavsiya etilmaydi.

Shamol bo‘lganda...

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kuchli shamol bo‘lganda: “Allohumma inni asaluka xoyraha va xoyra ma fiyha va xoyra ma ursilat bihi va a’uzu bika min sharriha, va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi” 

(Alloh sendan bu shamolning va shamoldagi yaxshilikni va u bilan yuborgan narsalarning yaxshiligini so‘rayman va shamolning va shamoldagi yomonlikdan va u bilan birga yuborgan narsalaringni yomonligidan panoh so‘rayman), deb duo qilar edilar (Imom Muslim rivoyati).


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bo‘ron, O‘zbekistonga, muhim tavsiyalar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя