Главная » 2021 » Март » 17 » «O‘zbekistonga borganda rosa uyaldim. Bizdan 40-50 yil oldinga o‘tib ketibdi» — Sadir Japarov
09:10

«O‘zbekistonga borganda rosa uyaldim. Bizdan 40-50 yil oldinga o‘tib ketibdi» — Sadir Japarov


Qirg‘iziston prezidenti Toshkentga tashrifi haqida «Ozodlik»ka bergan intervyusida Qirg‘iziston va O‘zbekistonni taqqosladi.

«Kuni kecha O‘zbekistonga borganda ko‘p narsani sezdim. Hatto rosa uyaldim ham. Biz qirg‘izlar, 30 yildan beri bir-birimiz bilan siyosatda kelishmay, mitinglar o‘tkazib, faqat oyoq kiyim tozalovchi chyotka ishlab chiqara olibmiz. Fabrika, zavod qurmabmiz. O‘zbekiston bizdan 40-50 yil oldinga o‘tib ketibdi, desam yanglishmayman. Mayda shurupdan tortib, samolyot chiqarishgacha yetib boribdi», — dedi Japarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 11-12-mart kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: uyaldim, Sadir Japarov, O‘zbekistonga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя