Главная » 2018 » Февраль » 21 » O‘zbekistonga “qora o‘lim” soya tashlamoqda
20:36

O‘zbekistonga “qora o‘lim” soya tashlamoqda


Xalqaro epizootik byuroning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yil mobaynida dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, shuningdek, O‘zbekiston bilan chegaradosh hisoblangan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistonda oqsil, chechak, kuydirgi, quturish, o‘lat va Qrim-Kongo gemorragik isitma kabi inson va hayvonlar uchun o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar qayd etilgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, epizootik vaziyat hamon murakkabligicha qolmoqda, deya yozmoqda O‘zA.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning o‘tgan davrida respublikada tabiiy o‘choqlarning faollashuvi natijasida O‘zbekistonda Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi 16 holatda qayd etilgan.

Jumladan, Sirdaryo viloyatida – 7 ta, Qashqadaryoda – 5 ta, Jizzaxda – 3 ta, Qoraqalpog‘istonda – 1 ta Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi bilan bog‘liq holat qayd etilgan.

Xo‘sh, bu kasallik haqida bizga nimalar ma’lum?

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi. U mahalliy aholi tilida “qora o‘lim” deb ham yuritiladi.

Kasallik odamlarga asosan mayda shoxli va yirik shoxli qoramollardagi kanalarni terish, ularni junini olish yoki cho‘l hududlarida ularni boqish jarayonida kana chaqishi orqali yuqadi. Iksod kanalarining hazm yo‘llarida ko‘plab miqdorda kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan viruslar bo‘ladi va kana odamni chaqqanda qoniga tushadi.

Ushbu kasallik bilan hayvonlar kasallanmaydi va klinik belgilar namoyon qilmaydi. Hayvonlar kasallik qo‘zg‘atuvchisi va tashuvchisi (kanalar) uchun rezervuar bo‘lib hisoblanadi.

Virus ajratgan moddalar natijasida odam qoni ivishi izdan chiqadi. Oqibatda burun va boshqa tabiiy teshiklardan qon ketishi kuzatiladi. Kasallik og‘ir kechadi va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa oqibati noxush tugashi mumkin.

Kanani qo‘lda terish, o‘ldirish mumkin emas.

Iksod kanalarini butunlay yo‘q qilishning iloji yo‘q. Ular nihoyatda yashovchan bo‘lib molxona devori tirqishida o‘n yilgacha och uxlashi isbotlangan.

Kasallikka qarshi kurashish uchun biz nima qilishimiz lozim?

Qishloq hududlaridagi yakka xo‘jaliklarda chorva mollarini saqlash sharoitini to‘g‘ri tashkil etish va kanalarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymasliklariga alohida e’tibor qaratish zarur.

Kanalarni yo‘q qilish uchun uy hayvonlari terisi yilning mart oyidan sentabr oyiga qadar haftada bir marta xlorli birikmalar bilan maxsus ishlovdan o‘tkazilishi lozim.

Firdavs BEK


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: qora o‘lim | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя