Главная » 2020 » Сентябрь » 14 » O‘zbekistonga salqin va sovuq havo oqimi kirib keladi
21:37

O‘zbekistonga salqin va sovuq havo oqimi kirib keladi


Hafta o‘rtasida O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirishi natijasida harorat pasayadi. Hafta oxiriga borib, sovuq havo chekinib, kunlar isiy boshlaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 14-15 sentyabr kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz quruq va issiq havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat 27-32 daraja atrofida bo‘ladi.

16 sentyabrda respublikaning shimoliy tumanlariga Volgabo‘yidan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Kun davomida bu oqim mamlakatning shimoli va cho‘l zonasidan o‘tadi va bulutlilikning ortishi va kunduzgi haroratning 20-25 darajagacha pasayishiga olib keladi.

17-18 sentyabrda salqin va kam nam havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Hamma joyda bulutlilik ortadi, qisqa muddatli yomg‘irlar faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 22-27 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy me’yordan 5-7 darajaga pastdir.

Sovuq havo fronti o‘tishi natijasida 16-17 sentyabr kunlari respublika bo‘yicha shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

19 sentyabrda janubi-g‘arbiy issiq havo sovuq oqimni siqib chiqarishni boshlaydi va kunduzgi harorat 1-2 darajaga ko‘tarilib, 25-30 darajani tashkil qiladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonga, Sovuq, havo oqimi, kirib keladi, salqin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя