Главная » 2021 » Март » 18 » O‘zbekistonga sovuq va nam havo kirib keladi
11:54

O‘zbekistonga sovuq va nam havo kirib keladi


19-20-martda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 18-20-martda respublikaning ba’zi joylarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18-19-martda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

20-martda respublika hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

20-martda havo harorati kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: havo, NAM, Sovuq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя