Главная » 2021 » Сентябрь » 18 » O‘zbekistonlik 15 yoshli G‘iyos Umarov Apple kompaniyasining iTunes U dasturidagi xatolikni to‘g‘riladi
18:48

O‘zbekistonlik 15 yoshli G‘iyos Umarov Apple kompaniyasining iTunes U dasturidagi xatolikni to‘g‘riladi


AQShda oilasi bilan birga yashaydigan o‘zbekistonlik 15 yoshli G‘iyos Umarov, iTunes U dasturidagi kamchilikni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. G‘iyosning ismi dasturning yangilangan versiyasiga kompaniyaning minnatdorchiligi tariqasida kiritib qo‘yildi. Bu haqda G‘iyos Umarovning onasi Facebook’da so‘zlab berdi.

Bepul o‘quv materiallarining eng katta kataloglaridan biri hisoblangan iTunes U dunyo bo‘ylab millionlab o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasida mashhur sanaladi. Shunga qaramay, yaqin vaqtgacha dasturda kamchilik kuzatilgan. Birov boshqa bir foydalanuvchining barcha shaxsiy ma’lumotlariga ega bo‘lishi yoki ta’lim jarayoniga xalal berish mumkin bo‘lgan.

Bundan bir yilcha avval G‘iyos Apple kompaniyasiga mazkur xatoni qanday qilib tuzatish mumkinligini dasturlash tilidagi kodlar bilan yozib yuborgan. Apple yosh iste’dod egasiga minnatdorlik bildirish maqsadida G‘iyos Umarovning ismini yangilangan dasturga qo‘shib qo‘ygan.

Onasining aytishicha, shundan keyin o‘g‘li shtat gubernatorning shaxsan o‘zidan tabrik qabul qilib olgan. Bu G‘iyosning ilk muvaffaqiyati emas. Amerikaning “NJ.com” nashrining ma’lum qilishicha, 2020-yilda u QR-kod yordamida istalgan odam smartfondan foydalanishi bilan bog‘liq xatoni aniqlagan.

G‘iyos Umarov ayni vaqtda Nyu-Jersidagi Xolmdel o‘rta maktabi texnolog-talabalar assotsiatsiyasi a’zosi hisoblanadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Apple, to‘g‘riladi, iTunes, xatolikni, o‘zbekistonlik, kompaniyasining | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя