Главная » 2020 » Февраль » 14 » O‘zbekistonlik ayol chaqalog‘ini yer osti yo‘liga tashlab ketdi
20:22

O‘zbekistonlik ayol chaqalog‘ini yer osti yo‘liga tashlab ketdi


Moskvada yer osti o‘tish yo‘liga yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini tashlab ketgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Ayol tergov vaqtida aybini tan olib, buni moddiy yetishmovchilikdan qilganini aytdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Joriy yilning 12 fevral kuni Moskva g‘arbida yer osti yo‘lida farzandini qoldirib ketgan 29 yoshli ayol tarjimon yordamida so‘roq qilingan. U og‘ir moddiy ahvoli tufayli chaqaloqdan qutilmoqchi bo‘lganini aytib, aybini to‘liq tan olgan. Tergovchi suddan ayolni hibsga olishni so‘rayapti.

Nashrning xabar berishicha, ayol Rossiyaga O‘zbekistondan kelgan. U kecha, 13 fevralda Moskva viloyatida qo‘lga olingan.

Tergov ma’lumotiga ko‘ra, 12 fevral kuni Moskvaning Dorogomilov tumanida metro xodimlari qordan 2-3 oylik o‘g‘il bola chaqaloqni topib olishgan. Zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirib, politsiyaga murojaat qilishgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Hozirda chaqaloq shahar shifoxonasida shifokorlar nazoratida saqlanyapti. Uning hayotiga xavf yo‘q. Tibbiy ko‘rikdan keyin bolakay ijtimoiy muassasaga topshiriladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 5.0/1

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя