Главная » 2020 » Декабрь » 24 » O‘zbekistonlik ayol Turkiyada majburan ushlab turilgani ma’lum bo‘ldi
21:23

O‘zbekistonlik ayol Turkiyada majburan ushlab turilgani ma’lum bo‘ldi


Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyaning Jivril shahrida 22 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining majburan ushlab turilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Unda ayol kaltaklangani ham aytilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Anqara shahridagi elchixonasi rasmiy ma’lumot berdi. Diplomatik vakolatxona vaziyatni o‘rganish uchun Turkiya Respublikasining vakolatli idoralariga rasmiy murojaat qilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Sh.X. Turkiya fuqarosi J.Ch.ga turmushga chiqish uchun joriy yilning 14 noyabrida Turkiyaga kelgan. Qisqa muddat birga yashagandan so‘ng, u oilaviy hayoti va ijtimoiy sharoitidan norozi ekanligi, shuningdek, onasining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli O‘zbekistonga qaytishga qaror qilgan.

Elchixona xabar berishicha, hozirgi kunda mazkur O‘zbekiston fuqarosi Denizli viloyatidagi ixtisoslashgan shifoxonalardan birida koronavirus infeksiyasini davolash uchun muolaja olmoqda. Shu sababli u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkoniyati mavjud emas.

Denizli viloyati jandarmeriyasining ma’lumotlariga ko‘ra, bemorning ahvoli barqaror, deb baholanmoqda, uning tanasida jarohatlar aniqlanmagan.

Ushbu masala Denizli viloyati prokuraturasining maxsus nazoratiga olingan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, vaziyat O‘zbekistonning Turkiyadagi Elchixonasining doimiy nazoratida, vakolatli organlar va O‘zbekiston fuqarosi davolanayotgan tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘zbekistonlik, Turkiyada, Ayol, majburan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя