Главная » 2021 » Апрель » 3 » O‘zbekistonlik dzyudochi 24 soniyada tarixiy g‘alaba erishdi
12:23

O‘zbekistonlik dzyudochi 24 soniyada tarixiy g‘alaba erishdi


Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turniri o‘tkazilmoqda.  

Musobaqaning birinchi kunida, ya’ni, 1 aprel kuni O‘zbekiston vakili Diyora Keldiyorova (-52 kg) oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

Finalda Keldiyorova ispaniyalik Estrella Lopesga qarshi tatamiga chiqdi. 

Ta’kidlanishicha, Diyora jangga tirishqoqlik bilan kirishgan, unga g‘alaba qozonish uchun atigi 24 soniya kifoya qilgan. 

Seoynage texnikasi yordamida u oltin medalni qo‘lga kiritgan. 

Ushbu g‘alaba tufayli Diyora Keldiyorova "Katta Dubulg‘a" turnirida oltin medalni qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbek qizi bo‘ldi. 

Medaldan tashqari, Keldiyorova Tokio-2020 uchun 1000 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.


Manba: "qalampi.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: erishdi, Tarixiy, o‘zbekistonlik, g‘alaba, dzyudochi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя