Главная » 2020 » Март » 28 » O‘zbekistonlik futbolchi karantindagi muhtoj oilalarga 100 million so‘m ajratdi
12:26

O‘zbekistonlik futbolchi karantindagi muhtoj oilalarga 100 million so‘m ajratdi


BAAning “Sharja” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyatda qiyin ahvolda qolgan oilalarga moddiy yordam berdi. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi kam ta’minlangan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zgan. Shukurov 100 million so‘mga kunlik ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilgan va uni karantin davrida ishsiz qolgan muhtojlarga tarqatgan.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 104 kishida koronavirus infeksiya aniqlandi. Shu vaqtgacha 2 kishi vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя