Главная » 2020 » Октябрь » 22 » O‘zbekistonlik qassoblar Saudiya Arabistoniga ishga jalb qilinishi mumkin
16:30

O‘zbekistonlik qassoblar Saudiya Arabistoniga ishga jalb qilinishi mumkin


Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi va Islom taraqqiyot banki vakillari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Haj mavsumida O‘zbekiston fuqarolarini Saudiya Arabistoniga qassobchilik ishlariga jalb qilish masalalari muhokama etildi. Xususan, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, ish sharoitlari va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar yaqin vaqt oralig‘ida fuqarolarni qassobchilikka jalb qilish bo‘yicha O‘zbekistondagi mavjud imkoniyatlar, xususan shariat asosida Haj mavsusmida qurbonlik uchun hayvonni so‘yish tajribasi, arab yoki ingliz tilini bilish darajasi, fuqarolarni ushbu sohaga tayyorlash imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha ishlarning olib borilishini ma’lum qildi.

Muzokaralar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Saudiya Arabistoniga, ishga, jalb qilinishi, o‘zbekistonlik, mumkin, qassoblar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя