Главная » 2020 » Февраль » 8 » “O‘zbekistonlik Van Damm” haqiqatan uzr so‘raydigan bo‘ldi
20:08

“O‘zbekistonlik Van Damm” haqiqatan uzr so‘raydigan bo‘ldi


Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistonlik Van Damm yaqinda uzr so‘rab chiqsa kerak” degan sarlavha ostida video tarqaldi. U ko‘pchilik internet foydalanuvchilarining bahs-munozarasiga sabab bo‘ldi.

2020 yilning 2 fevral kuni soat 23:10larda Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro F.M. “Spark” rusumli transport vositasida Chilonzor tumani, TXAY-Bunyodkor ko‘chasi, Chilonzor metrosi chorrahasiga harakatlanib kelgan. O‘ziga e’tiborni tortish maqsadida transport vositalari serqatnov ekanligini bila turib, avtomobillar svetoforining qizil chirog‘i yongan vaqtda yo‘lga yugurib chiqqan. Shu tariqa yo‘l o‘rtasida turli jamoat tartibini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro F.M. Toshkent shahar, IIBB YHXB YPXB 3-batal’on xodimlari tomonidan aniqlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя