Главная » 2017 » Август » 23 » O‘zbekistonlik yosh olim poyezdni turgan joyida, uni qismlarga ajratmasdan ta’mirlash yo‘lini topdi
14:45

O‘zbekistonlik yosh olim poyezdni turgan joyida, uni qismlarga ajratmasdan ta’mirlash yo‘lini topdi


Poyezd buzilsa, uni ta’mirlash uchun ko‘p vaqt, katta mablag‘ talab etiladi. Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida yosh olim Otabek Hamidov poyezdlarni tez va qulay tarzda ta’mirlash usuli – vibrodiagnostikani taklif qildi. Bu haqda O‘zAga tayanib, Uzbekistan 24 xabar berdi. Otabek o‘z ixtirosi haqida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tashkil etilgan “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzuidagi respublika yosh olimlarining ilmiy-amaliy anjumanidagi chiqishida so‘zlab berdi.

Universitet ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Respublika yosh olimlar assotsiatsiyasi”ning istiqbolli rejalari asosida yaratilgan taqdimotlar, oliy ta’lim muassasalari yosh tadqiqotchilarining ilmiy ishlanmalari, ixtirolari va innovatsion texnologiyalari namoyish etildi.

Men taklif qilayotgan vibrodiagnostika – poyezdning turgan joyida uni qismlarga ajratmasdan, zamonaviy vibroanalizatorlar yordamida nosozlik va nuqsonlarini aniqlash, lokomotivni o‘sha yerning o‘zida sozlash uchun mo‘ljallangan. Hozirgi kunda temir yo‘lda lokomotivlar oldindan belgilab qo‘yilgan reja asosida tekshiruvdan o‘tkaziladi va ta’mirlanadi. Bunda poyezdning nosozligini aniqlash uchun uni depoga olib kirib, barcha uzel agregatlarini yechish, uni qismlarga ajratish lozim. Buning uchun esa vaqt, katta xarajat ketadi.

Otabek Hamidov

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ta’mirlash yo‘lini topdi, ajratmasdan, Uni, turgan joyida, o‘zbekistonlik, qismlarga, yosh olim poyezdni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя