Главная » 2017 » Апрель » 2 » O‘zbekistonliklar grin-karta bo‘yicha yetakchilardan bo‘lib turishibdi
08:39

O‘zbekistonliklar grin-karta bo‘yicha yetakchilardan bo‘lib turishibdi


Grin-karta nomi bilan mashhur AQSh lotereyasi, ya’ni immigrantar uchun maxsus viza dasturi so‘nggi 10 yil ichida butun dunyodan 156 million kishini qamrab olgan. Ammo ularning ayrimlarigina viza olishga muvaffaq bo‘lishgan.

2015 yilda 14 milliondan ziyod ishtirokchilarning 12 foizi Gana fuqarolari bo‘lgan. Qariyb 1,5 million nomzodlar esa O‘zbekiston aholisiga to‘g‘ri keldi. Ishtirokchilar umumiy sonining 10 foizini o‘zbekistonliklar tashkil qilgan. Bu borada uchinchi o‘rinni Ukraina band etdi. 1 milliondan ziyod kishi Ukraina fuqarolarini tashkil etdi.

“Grin-karta” immigrantlar dasturida viza olishga muvaffaq bo‘lganlar orasida ham o‘zbekistonliklar kuchli o‘nlikka kirishgan. Bu borada O‘zbekiston beshinchi pog‘onada qayd etilgan. 2016 yilda 2366 nafar o‘zbekistonlik vizaga ega bo‘lgan.

Durdona Rasulova

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: AQSH, grin-karta | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя