Главная » 2020 » Март » 31 » O‘zbekistonliklar karantin paytida qaysi mobil dasturlarni yuklab olayotgani ma’lum bo‘ldi
22:11

O‘zbekistonliklar karantin paytida qaysi mobil dasturlarni yuklab olayotgani ma’lum bo‘ldi


O‘zbekistonliklar so‘nggi paytlarda smartfonlariga ko‘proq o‘yinlarni yuklay boshladi. Bu haqda App Annie servisi ma’lumotlariga asoslanib, Spot xabar berdi.

1-martdan 15-martgacha o‘zbekistonliklar o‘rtasida eng ko‘p yuklangan 100 ta dasturning 17 foizini o‘yinlar tashkil etgan bo‘lsa, 15-martdan 30-martgacha bu ko‘rsatkich 58 foizga o‘sgan. Bu iOS  va Android qurilmalariga birdek tegishli.

Android’da ishlovchi smartfonlar egalari, masalan, Slpa kings, Hunter Assasins, Subway Surfers, PUBG Mobile,Fun Rasce 3D , Stickman Party. va boshqa o‘yinlarni ko‘proq yuklab olmoqda.

iOS tizimida ishlovchi smartfondan foydalanadiganlar esa PUBG Mobile, Durak Online, Slap Kings, Special Force Group 2, Call of Duty mobile, Arrow Mater, Save The Girl, Dream League Soccer 2020 va boshqa o‘yinlarni tanlagan.

Karantinda o‘zbekistonliklar o‘rtasida ommalashgan mobil dasturlar orasida yetkazib berish xizmatlari (LeBazar, Express24), videoservislar (Allplay, Mediabay), ijtimoiy tarmoqlar (VK, TikTok) ham bor.

Eng ommabop 100 ta mobil dastur ro‘yxatiga ilk marta Netflix ham qo‘shilgan.

D

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя