Главная » 2021 » Июль » 14 » O‘zbekistonliklarning qanchasi 2 mlndan ko‘p va kam oylik oladi?
22:06

O‘zbekistonliklarning qanchasi 2 mlndan ko‘p va kam oylik oladi?


Joriy yilning birinchi yarim yilligida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlari 8,8 trln. so‘mni (o‘sish 1,5 trln. so‘m), jumladan ish beruvchilar tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan soliq 8,1 trln. so‘mni (o‘sish 1,3 trln. so‘m) tashkil etdi. Bu haqda Moliya vazirligi hisobotida ma’lum qilindi.

Tushumlarning o‘sishiga quyidagi omillar ta’sir qildi:

•    o‘tgan yilning II choragida joriy etilgan karantin cheklovlarining yumshatilishi;

•    iqtisodiy faollikning tiklanishi;

•    2021 yil 1 fevraldan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 10 foizga oshganligi;

•    2021 yildan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari tiklanganligi (2020 yilda vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan edi).

Natijada hisobot davrida daromadi oshgan xodimlar soni ko‘paygan. Xususan, may oyida 2-4 mln. so‘m olganlar 1 073 ming nafarni (umumiy to‘lovchilar sonidagi salmog‘i 21,3 foizdan 23,1 foizgacha oshgan), 4-5,5 mln. so‘m olganlar 293 ming nafarni (salmog‘i 4,7 foizdan 6,3 foizgacha oshgan), 5,5 mln. so‘mdan yuqori olganlar 387 ming nafarni tashkil qilgan (salmog‘i 5,8 foizdan 8,3 foizgacha oshgan).


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: oylik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя