Главная » 2018 » Январь » 9 » “O‘zbekkonsert” Rayhon, Munisa, Shohjahon, Shahriyor, Sarvar va Komilni qattiq ogohlantirdi
22:34

“O‘zbekkonsert” Rayhon, Munisa, Shohjahon, Shahriyor, Sarvar va Komilni qattiq ogohlantirdi


Avvalroq, bugun, 9 yanvar kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi jurnalistlar uchun 2017 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etgani haqida xabar bergan edik. Unda so‘zga chiqqan muassasa direktori Odiljon Abduqahhorov Prezident Shavkat Mirziyoevning 3 avgust kuni O‘zbekiston ijodkor ziyolilari bilan o‘tkazgan yig‘ilishi, san’atkorlar faoliyatida muhim o‘rin tutganini ta’kidladi. Prezidentning nutqida keltirilgan tanqiddan so‘ng, barcha san’atkorlar faoliyati qaytadan o‘rganib chiqilib, zaruriy choralar ko‘rilgan.

“Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-24-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi 37-bandiga asoslanib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Shahnoza Otaboyeva, Bunyodbek Saidov, Dilmurod Sultonov, Sharof Muqimov, xonandalar Xadicha Qurbonova, Sherali Bekmurodov, Aziza Niyozmetovalar lisenziyalari to‘xtatildi. Muassasa tomonidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva, xonandalar Munisa Rizayeva, Shoxjahon Jo‘raev, Argonov Shaxriyor, Komil Fozilov, SarvarAzimov qattiq ogohlantirildi, deydi Odiljon Abduqahhorov.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shahriyor, sarvar va komil, Shohjahon, Rayhon, Munisa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя