Главная » 2016 » Ноябрь » 15 » “O‘zbeknavo” ayni vaqtda litsenziyasi yo‘q san’atkorlar nomini ma’lum qildi
10:12

“O‘zbeknavo” ayni vaqtda litsenziyasi yo‘q san’atkorlar nomini ma’lum qildi


“O‘zbeknavo” estrada birlashmasining maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov bugungi kunda litsenziyasi yo‘q san’atkorlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad xabar berdi.

— Biror mashhur san’atkorning litsenziyasi tugatilsa, bu haqda “O‘zbeknavo” saytida axborot beriladi, biroq litsenziya qaytarilgani haqida axborot berilganini deyarli kuzatmaymiz. Nega shunday?
— Litsenziya amal qilish muddati tugagani yoki boshqa sabab bilan tugatilgani haqida e’lon berishdan maqsad — ularning litsenziyasiz konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanishining, turli tadbirlarga jalb qilinishining oldini olishdir. Litsenziya qaytarilgani haqidagi axborotga kelsak, bugungi kunda har qanday san’atkor bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalari orqali barchaga ma’lum qilishi mumkin.

— Hozirda “O‘zbeknavo” kimlarning litsenziyasi amal qilishini to‘xtatib qo‘ygan?
— Bugungi kunda Sitora Farmonova, Sarvar va Komil (“Benom” guruhi), Tamila va Zamirning litsenziyasi amal qilishi vaqtincha to‘xtatilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: ayni vaqtda, O‘zbeknavo, san’atkorlar nomini ma’lum qildi, Tamila, litsenziyasi yo‘q | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя