Главная » 2016 » Ноябрь » 3 » “O‘zbektelekom” provayderlar uchun internet xizmatlari tariflarini tushirdi
14:43

“O‘zbektelekom” provayderlar uchun internet xizmatlari tariflarini tushirdi


“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2016-yil 28-oktabr kunidan O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar 1 Mbit/soniya uchun (tashqi kanalda) 103,03 dollarga tushirilganini ma’lum qildi.

Bu yil tariflar o‘n bir marta tushirildi. Tariflar 1 Mbit/soniya uchun 13-yanvardan 156,24 dollargacha, 1-fevraldan 141,94 dollargacha, 17-fevraldan 136,34 dollargacha, 1-martdan 133,62 dollargacha, 2-martdan 115,26 dollargacha, 27-apreldan 112,91 dollargacha, 25-iyuldan 111,21 dollargacha, 19-avgustdan1 108,31 dollargacha, 22-avgustdan 107,03 dollargacha, 19-sentabrdan 105,77 dollargacha va 28-oktabrdan 103,03 dollargacha tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda tariflar o‘n yetti marta tushirilgandi. 2015-yil 1 Mbit/soniya uchun yanvar oyida 259,29 dollardan, dekabr oyidan 157,60 dollargacha tushirilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: O‘zbektelekom | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя