Главная » 2020 » Ноябрь » 12 » O‘zga sayyorani 1,5 soat tomosha qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang
09:11

O‘zga sayyorani 1,5 soat tomosha qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang


12 — 14-noyabr kunlari Yer aholisi tonggi osmonda bir yarim soat davomida Merkuriyni tomosha qilishi mumkin: bu 2020-yilgi maksimal muddatdir, deya xabar berdi Moskva planetariyasi.

«Merkuriy 4 — 24-noyabr kunlari tongda ko‘rinish beradi. Tomosha uchun eng yaxshi vaqt esa — 12 — 14 -noyabr kunlari. Chunki o‘sha kunlari o‘rta kengliklarda Merkuriyning ko‘rinish davomiyligi qariyb 1,5 soatni tashkil etadi — bu sayyorani tonggi osmonda topish uchun ajoyib imkoniyatdir», — deyiladi Moskva planetariyasining «Instagram»dagi xabarida.

Astronomlarning so‘zlariga ko‘ra, Merkuriyni tomosha qilish uchun durbin yoki boshqa birorta optik asbob kerak bo‘ladi.

«Tongotar chog‘idagi soatlarda yorqin Zuhra (Venera) yulduzi va yarim Oy Merkuriyni izlash uchun yaxshi mo‘ljal vazifasini o‘tab beradi», — deya ta’kidlashdi planetariyada.

Sayyorani kuzatish uchun eng qulay fursat — Toshkent vaqti bilan 8:30 dan 9:30 gacha bo‘lgan soatlardir.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: tomosha qilish, qo‘ldan chiqarmang, O‘zga sayyorani, imkoniyatini, Soat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя