Главная » 2021 » Апрель » 11 » «O‘zgidromet»: bugun kunduzi O‘zbekistonga salqin havo massalari kiradi
10:11

«O‘zgidromet»: bugun kunduzi O‘zbekistonga salqin havo massalari kiradi


«O‘zgidromet» bugun kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonga Qozog‘iston hududlaridan biroz salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarda shamol 7-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22° iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18-20° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliq bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: massalari, havo, salqin, O‘zgidromet | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя