Главная » 2021 » Апрель » 2 » O‘zgidromet dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi
15:04

O‘zgidromet dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi


Bugun, 2 aprel kuni O‘zbekistonga G‘arbiy Sibirning janubiy hududlaridan sovuq antitsiklon kirib keladi. Shuningdek, kunduzi antitsiklon sharqga qarab siljiydi va Eron hududidan iliq havo kirib kelishi boshlanadi Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ertaga, 3 aprel kuni iliq havoning kirib kelishi kuchayadi, kechasi harorat 0-5 darajani tashkil etadi, kunduzi harorat 19-22 darajagacha ko‘tariladi, bu aprel oyi boshidagi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 2-3 daraja yuqoridir. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat shimoliy hududlar bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Yakshanba kuni nam havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Barcha joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 17-22 m/sgacha kuchayadi. Havo harorati 8-13 darajani tashkil etadi, kunduzi 11-16 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Shimoliy hududlarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir va momaqaldiroq bilan kuzatiladigan atmosfera fronti kechqurun bo‘lib o‘tadi.

Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysida kechasi va kunduzi 5 aprelda yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 4-5 aprelda yomg‘ir yog‘ishi kuchli bo‘ladi, buning hisobiga ushbu hududlarda sel kelishi mumkin.

2-4 aprelda Toshkent va Namangan viloyatlarining 1600 m dan yuqori tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.


Manba: "qalampi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: dam olish kunlari, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя