Главная » 2021 » Июнь » 4 » «O‘zgidromet» dam olish kunlaridagi anomal issiqdan ogohlantirdi
15:01

«O‘zgidromet» dam olish kunlaridagi anomal issiqdan ogohlantirdi


Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

So‘nggi kunlarda mamlakatimiz hududi bo‘yicha yoz faslining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan 7-10° ga yuqori bo‘lgan anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Bu hodisa Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Dam olish kunlarida issiq yana kuchayadi, kunduz kunlari havo harorati 40-43° gacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 44-46° gacha isiydi, kechalari esa 22-27° atrofida, respublikaning cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 30° gacha bo‘ladi.

Respublika hududining katta qismida bu yozning eng issiq boshlanishidir. Masalan, Toshkentda ushbu yilgacha iyun oyining birinchi haftasida haroratning mutlaq (absolyut) maksimumi 37-39° dan yuqori bo‘lmagan.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zgidromet, issiqdan, dam olish, ogohlantirdi, anomal | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя