Главная » 2021 » Июнь » 21 » “O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi
14:09

“O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi


O‘zbekiston hududida 21-iyun va ish haftasi davomida Ural hududlaridan deyarli salqin havo kirib kelishi davom etadi, bu esa kunduz kunlari havo harorati ko‘tarilishining oldini oladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”. 

Tekislik hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 22—23-iyun kunlari kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shu kunlarda havo harorati kechalari 16-21daraja, kunduz kunlari 30-35 daraja, janubda 36-39 daraja atrofida bo‘ladi. Qayd etilishicha, bu iyun oyi so‘nggi o‘n kunligining me’yoriy harorat qiymatlariga yaqindir.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda ayrim kunlarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zgidromet, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя