Главная » 2021 » Июнь » 2 » “O‘zgidromet” haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo kuchayishi va chang bo‘ronidan ogohlantirdi
19:12

“O‘zgidromet” haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo kuchayishi va chang bo‘ronidan ogohlantirdi


O‘zbekiston hududiga 3—7-iyunda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga harorat yanada ko‘tarilishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.

Qayd etilishicha, ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 7-10 darajaga yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 44-46 darajagacha isiydi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyun kuni O‘zbekiston hududlarida ob-havo keskin o‘zgarib, joylarda kuchli shamol, qum bo‘ronlari qayd etilgandi. 29-mayda Farg‘ona tumani Vodil hududlarida kuchli shamol va chang bo‘ronlari kuzatilgandi. Shu kuni Toshkentda bir soatdan ortiq davom etgan kuchli shamol chang bo‘ronlarini keltirib chiqarib, Buxorodan kelayotgan charter reys Toshkentga qo‘nolmadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ogohlantirdi, ob-havo, chang, O‘zgidromet, issiq, bo‘ronidan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя