Главная » 2021 » Сентябрь » 17 » «O‘zgidromet» havo harorati tushishini ma’lum qildi
14:39

«O‘zgidromet» havo harorati tushishini ma’lum qildi


Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun va ertaga respublika hududi bo‘yicha quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari termometr ko‘rsatkichi 35-37° gacha ko‘tariladi, me’yordan 2-4° ga yuqori bo‘ladi.

Lekin, O‘zbekistonning shimoliy chekka hududlariga bugundan boshlab Volga bo‘yi hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Shanba kuniga kelib, havo harorati 30-33° gacha, Ustyurtda 23-26° gacha pasayadi. Shimolda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Yakshanba kunidan boshlab sovuq front kirib kelishida quruq va salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 32-35°gacha, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida 22-27° gacha biroz pasayadi.

Keyingi haftaning boshida sovuq antitsiklon ta’siri kuchayadi. Butun hududda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati barcha joylarda iqlimiy me’yorlargacha pasayadi, kechalari va ertalabki soatlarda 10-13° ni, kunduz kunlari 26-29° ni tashkil etadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zgidromet, havo harorati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя