Главная » 2021 » Июль » 26 » «O‘zgidromet» jazirama qachondan chekinishi bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29

«O‘zgidromet» jazirama qachondan chekinishi bo‘yicha ma’lumot berdi


Bugun O‘zbekistonda kam bulutli va issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduz kunlari 41-44° ni, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 45-46° gachani tashkil etadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda. 

Ertadan boshlab respublikaning shimoliy hududlariga g‘arbiy Qozog‘iston orqali Volga bo‘yi hududidan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi, janubi-sharqiy hududlarda nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati biroz pasayadi va 37-40°, ba’zi joylarda janubda 42° gacha, shimolda 34-37° atrofida bo‘ladi.

Keyingi kunlarda salqin havo massasi respublikaning barcha hududiga tarqaladi. Hafta davomida harorat asta-sekin pasayadi va juma kuniga kelib 33-35° ni tashkil etadi va me’yoriy qiymatlarga yaqinlashadi, ba’zi hududlarda esa iyul oyi oxiri uchun bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-3° past bo‘ladi.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim hududlarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zgidromet, jazirama | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя