Главная » 2021 » Апрель » 30 » O‘zgidromet may oyi qanday ob-havo bilan boshlanishini aytdi
14:03

O‘zgidromet may oyi qanday ob-havo bilan boshlanishini aytdi


Aprel oyining so‘nggi kunlarida bahor fasliga hos bo‘lmagan issiq ob-havo kuzatildi. Buning sababi, Eron hududlaridan iliq va quruq havo kirib kelishidir. 26-29 aprelda me’yordan 8-10 darajaga yuqori bo‘ldi. Kunduz kunlari harorat 34-36 darajaga, janubda va cho‘l hududlarida 37-39 darajaga yetdi, bu aprel oyi oxiri uchun bo‘lgan rekord qiymatlarga yaqinlashdi, ayrim tumanlarda esa ushbu kunlar uchun haroratning yangi rekordi o‘rnatildi.

Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, bugun respublika hududlari bo‘yicha Kaspiy dengizidan salqin va biroz nam havo kirib kelishi boshlandi. Osmonda bulutlar paydo bo‘ldi, kunning birinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida, kechga tomon esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 25-28 daraja atrofida bo‘ladi.

Ertaga faqat respublikaning eng sharqiy tumanlarida biroz beqaror ob-havo saqlanib turadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li tumanlarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat ushbu darajada saqlanib turadi.

Bugun va ertaga ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 29-32 darajagacha, janubda 34-37 darajagacha ko‘tariladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zgidromet, May, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя