Главная » 2021 » Январь » 6 » “O‘zgidromet” o‘zbekistonliklarni g‘ayrioddiy havo hodisasi kutayotganini ma’lum qildi
21:33

“O‘zgidromet” o‘zbekistonliklarni g‘ayrioddiy havo hodisasi kutayotganini ma’lum qildi


Gidrometeorologiya xizmati markazi o‘zbekistonliklar shu kunlarda havodagi g‘ayrioddiy hodisalarga guvoh bo‘lishi haqida xabar berdi. 

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda O‘zbekiston aholisi g‘ayrioddiy hodisani kuzatishi mumkin – qor donalari huddi tumandan tushgandek yog‘adi.

“Bu hodisa O‘zbekistonda nihoyatda kam uchraydi, ko‘pincha u qishi barqaror sovuq hududlarda kuzatiladi. 

Ushbu hodisaning vujudga kelish sababi shundaki, u sovuq sibir antitsiklonining ta’siridan kelib chiqadi. Odatda, bunday sinoptik vaziyatda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi”, deyiladi Gidrometeorologiya xizmati markazi xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, shu kunlarda mamlakatning barcha hududlarida boshqa yillardagidan yuqori sovuq harorat qayd etilmoqda. Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 7 yanvar kuni ayrim hududlarda havo harorati 20 darajagacha pasayishini ma’lum qildi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zgidromet, g‘ayrioddiy, havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя