Главная » 2021 » Январь » 3 » «O‘zi biladi kimga ikkinchi xotin bo‘lib tekkanini». Luiza Rasulova Dilnoza Kubayeva unga o‘rnak bo‘lolmasligini aytdi
22:53

«O‘zi biladi kimga ikkinchi xotin bo‘lib tekkanini». Luiza Rasulova Dilnoza Kubayeva unga o‘rnak bo‘lolmasligini aytdi


Aktrisa Luiza Rasulova o‘zining Instagram sahifasiga jurnalist Sardor Komilovga murojaat tarzda olingan videoni joylab, unda bir qancha aktrisalar, jumladan, Dilnoza Kubayevani keskin tanqid qildi. Bu haqda teznews.uz yozmoqda.

Aktrisa so‘z boshida Sardor Komilov bilan bo‘lgan voqeani aytib o‘tgan:

«Assalomu alaykum, hurmatli Sardor aka. Bu murojaatim sizga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetib boradi degan umiddaman. Sizga o‘xshab qalam orqasiga berkinib, yoki Instagram’dan sherlik qilib, ayollar bilan urishib, ismimni hattoki yozmabsiz. Kimga tegishli ekanligi lekin menga yetib keldi. Men sizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ismingizni aytib murojaat qilyabman. Ichingizda shuncha dardingiz bor ekan, nima uchun o‘sha kuni meni ko‘rib shuni aytmadingiz. Nima uchun yuzimga aytmadingiz, qochib ketdingiz xotinlarga o‘xshab. Agar shu nomusimga tegadigan gaplaringizni yuzimga aytganingizda men tarsaki tushirar edim, solardim aylantirib. Nima uchun aytmadingiz, erkaksiz-ku to‘g‘rimi?».

Shuningdek, Luiza Rasulova Sardor Komilov unga qiyos qilib ko‘rsatgan aktrisalar, jumladan, Dilnoza Kubayevani tanqid qilib, ular unga o‘rnak bo‘lolmasligini ta’kidlagan:

«Siz nimalar deb tashlamabsiz meni. Qanaqadir aktrisalarga qiyoslagansiz. Dilnoza Kubayeva yoki aytib o‘tgan aktrisalaringizga meni qiyoslab o‘tirmang. Ular men uchun ‘primer’ emas. Dilnoza Kubayevaga keladigan bo‘lsak, o‘zi biladi menga kim ekanligini, kim bo‘lishimni va kimga nechchinchi xotin bo‘lib tekkanini. Xohlasangiz intervyu qilib so‘rab oling. Yana aytaman, menga ular ‘primer’ emas! O‘rnak bo‘ladigan insonlarni gapiring. Siz o‘zingiz O‘rnak emassiz. Avval pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa birovga. Yana ko‘p aktrisalar haqida gapirgansiz. Ya’ni qiyoslab, xuddi ular gul men esa balchiqdan chiqqanman. Sanab o‘tgan aktrisalaringizning birortasi 17–18 yoshli vaqtimda, sizning loyihalaringizga borib yurganimda umuman kelmagan, ciz bilasiz buni.

Qachondir ketini kovlab yurgan insonlaringizni hozir menga o‘rnak qilib ko‘rsatyabsizmi. Sizni hurmat qilmay qo‘yganimning sababi ham shu. Chunki siz xotinlardan battarsiz, ulardan battar shallaqisiz. Ular bilan olishasiz, nimasinidir kovlaysiz, sizga kim qo‘yibdi kovlashni. Qachonlardir Yulduz Usmonovaning ham yopiq taqdimotida ishtirok etganman, yig‘lab men ham dardimni aytganman. O‘sha yopiq taqdimotlarini o‘tkizib, Yulduz opa yaxshi bo‘lib yurgan payti, u bilan yaxshi bo‘lib yurgan paytiz hamma yaxshi edi. Yulduz opa bilan ham urishdingiz-ku, kovlab kerakmas narsalarni aytingiz, vaholanki, o‘sha inson jurnalistlar ichida bitta sizni tan olardi, siz o‘sha insonni yaxshi ko‘rib, hurmat qilardingiz».

Shuningdek, Luiza Rasulova unga o‘rnak qilib ko‘rsatilgan birorta aktrisa xalqqa yordam bermasligini, birortasining ham shaxsiy fondi yo‘q ekanligini alohida ta’kidlab o‘tgan.

«Meni foxshaga chiqarib qo‘yibsiz. Siz menga qaysidir aktrisalarni o‘rnak qilib ko‘rsatmang. Ho‘p, aytingchi menga o‘rnak qilib ko‘rsatgan qaysi bir aktrisalaringizning shaxsiy fondi bor? Qaysi biri odamlarga yordam ko‘rsatmoqda? Hammasi o‘zining cho‘ntagiga uradi. Sanab o‘tganlaringiz sipo kiyinib xalqqa yaxshi ko‘rinishi mumkin, lekin ularning ham o‘ziga yarasha tarixi bor. Menga ularni o‘rnak qilib ko‘rsatmang!» — deydi aktrisa.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Dilnoza Kubayeva, Luiza Rasulova, o‘rnak | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя