15:30 O‘zi va bolalarini kanalga tashlamoqchi bo‘lgan ayol voqea tafsilotlarini gapirib berdi | |
Avvalroq, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida ona o‘zi va ikki nafar yosh bolasini kanalga tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Bekobod tumani hokimining Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosari Yoqutxon Mo‘minova ayolning uyida bo‘lib voqeani o‘rgangan. Videodagi ayol A.R. va uning farzandlari Bekobod tumani "Turkman" MFYda doimiy yashab keladi. Bu holat 2020 yil 15 dekabr kuni sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur oila shu paytgacha tinch-totuv yashab kelgan, oilada muqaddam notinchlik kuzatilmagan. Ayni paytda holat viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan atroflicha o‘rganilmoqda. Shuningdek, Vasiylik va homiylik organi vakillari kelib, bolalarning kelgusi taqdiri bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinishi kutilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|