Главная » 2020 » Декабрь » 8 » O‘zini bepusht deb o‘ylagan ayol homiladorligini tug‘ruqdan to‘rt soat oldin bildi (foto)
21:58

O‘zini bepusht deb o‘ylagan ayol homiladorligini tug‘ruqdan to‘rt soat oldin bildi (foto)


O‘zini bepusht deb bilgan Angliyaning Stok-on-Trent shahrida yashovchi 28 yoshli Daniell Adams homiladorligi to‘g‘risida tug‘ruqdan to‘rt soat oldin bildi, deb xabar bermoqda “Daily Mail”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Adams qorin og‘rig‘i shikoyati bilan shifokorga murojaat qilgan.

Kasalxonada ultratovush tekshiruvidan o‘tkazilgan, natija esa uning to‘qqiz oylik homiladorligini ko‘rsatgan. Ayol farzandining tug‘ilishi haqidagi xabarni 36 yoshli turmush o‘rtog‘i Styuart Murga telefon orqali xabar qilgan.

Qayd etilishicha, erkak kasalxonaga COVID-19 tarqalish xavfi tufayli kiritilmagan.

Ma’lum qilinishicha, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Meyzi-Rouz Mur ismi qo‘yilgan. Qizi tug‘ilgandan keyin Adams to‘rt kun kasalxonada yotgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bepusht, tug‘ruqdan, homiladorligini, (Foto), Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя