Главная » 2018 » Май » 20 » O‘zjan Denizning iltimosi inobatga olindi
16:38

O‘zjan Denizning iltimosi inobatga olindi


Ayni paytda “Istanbullik kelin” serialida suratga tushayotgan O‘zjan Deniz bir masala yuzasidan rejissyorga murojaat qildi.

Gap shundaki, taniqli aktyor aprel oyida o‘g‘il farzandli bo‘ldi va o‘g‘liga Kuzey deya ism berdi.

"Sondakika.com" nashrining xabariga ko‘ra, haftaning 6 kunida 10 soatdan ko‘proq vaqtini suratga olish maydonchasida o‘tkazayotgan aktyor serial mutasaddilariga “Yangi dunyoga kelgan farzandimga ham vaqt ajratishni xohlayman”, deya iltimos qilgan.

Serial ijodkorlari O‘zjanning iltimosini inobatga olib, “Istanbullik kelin”ning qolgan qismlarini tasvirga olish rejasi ishlab chiqadigan bo‘ldi.

Unga ko‘ra, O‘zjan Deniz uchun 40 kunlik imtiyoz taqdim etildi. Endi aktyor faqat ikki kun suratga olish maydonchasida bo‘ladi. Qolgan kunlari Zekiriyako‘ydagi villasida rafiqasi va o‘g‘li bilan vaqtini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zjan Deniz 25 yoshli Feyza Aktan bilan shu yilning 8 mart kuni nikohdan o‘tgan edi.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: O‘zjan Deniz, iltimos, inobatga olindi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя