Главная » 2020 » Сентябрь » 15 » «O‘zkomnazorat» Telegram’da tarqalgan zararli fayl haqida ma'lumot berdi
17:13

«O‘zkomnazorat» Telegram’da tarqalgan zararli fayl haqida ma'lumot berdi


SCR faylni ochish tizimda muayyan buyruqlar ro‘yxatining amalga oshirilishiga sabab bo‘ladi. 

Sentabr oyi boshida Telegram’dagi kanallar va guruhlarda fotosurat fayliga o‘xshash zararli ilova tarqalgani, internet foydalanuvchilari bu kabi fayllarni yuklab olib o‘rnatishi oqibatida, qurilmaning dasturiy ta'minotiga zarar yetishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. 

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi xabariga ko‘ra, ularda ushbu fayl ochilganidan keyin smartfon yoki kompyuterdagi ma'lumotlar o‘g‘irlab olinishi mumkinligi, tizim ishlamay qolishi yoki boshqa texnik xatoliklar yuz berishi haqida ogohlantirilgandi.

Mutaxassislarning ma'lumot berishicha, SCR kengaytmali fayllar orqali turli dasturlarni yaratish mumkin. Odatda, SCR fayllar ularni yaratgan tegishli dasturning ijro qiluvchi fayl skriptlari hisoblanadi. SCR faylni ochish tizimda muayyan buyruqlar ro‘yxatining amalga oshirilishiga sabab bo‘ladi. Bunday buyruqlar faylda muayyan tartibda joylashadi. 

Qayd etilishicha, SCR fayllarining aksariyati matnli format shaklida saqlanadi. Ularni matn muharrirlari dasturlari yoki ilovalarida ochish va ko‘rish mumkin. Bunday fayllarga o‘zgartirish kiritish ancha qiyin, sababi ular, ko‘pincha, qo‘shimcha va o‘zgarishlardan himoyalangan bo‘ladi.

Ushbu turdagi fayllar yaratilganidan keyin troyan turidagi zararli viruslar va boshqa zararli dasturlar bilan birga ishlay oladi. SCR fayl ochilganida, odatda, antivirus dasturlarini ko‘p hollarda bloklab qo‘yadigan buyruqlar ishga tushadi. Virus yozuvini o‘zgartirmaslik himoyasi mavjudligi yoki SCRda yashiringan EXE-fayl tufayli antiviruslar, ko‘pincha, bunday dasturiy ta'minotni o‘chira olmaydi. 

SCR fayli ichiga joylashtirilgan troyanlar va viruslarni topish va o‘chirish mushkul bo‘lgani sababli axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar mazkur shakldagi noma'lum fayllarni ochmaslikni tavsiya qiladilar, deyiladi ma'lumotda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zkomnazorat, zararli, fayl, Telegram’da, tarqalgan, ma'lumot berdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя